Mamlakatimiz xotin-qizlarini tadbirkorlik va ixtirochilik faoliyatiga keng jalb qilish, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilishlariga ko‘maklashish, xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatiga innovatsion yondashuvni joriy qilish, ularni o‘z biznes loyihalarini amalga oshirishlariga ko‘maklashish maqsadida bugun Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi, O‘zbekiston Ixtirochi ayollar markazi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamkorligida Ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion tadbirkorlik haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.
Haftalikda Navoiy viloyatidan olima, ixtirochi, tadbirkor xotin-qizlar o’z g’oyalari va mahsulotlari hamda ma’ruzalari bilan faol ishtirok etishmoqda. Shu jumladan, Navoiy davlat pedagogika instituti professori (DSc) D.Kamalova, tayanch doktorant (PhD) S.Barakayeva hamda “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi M.Omonboyevalar o‘z loyihalari bilan faol ishtirok etmoqda.