IT Park Navoiy viloyat filialida Navoiy viloyat hokimi Normat Tursunov IT Park rezidentlari hamda yosh innovatsion loyiha egalari bilan uchrashuv o’tkazdi.Uchrashuv davomida IT Park rezidentlari faoliyati bilan tanishildi, ularning kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalari ko’rib chiqildi.
Viloyat hokimi bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari Oybek Abduraimov va Olim Qobilovlar ham startap loyihalari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, talabamiz Oybek Abduraimovning «Ilm nuri» loyihasiga mablag’ ajratiladigan bo’ldi.