Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan “Islohotlar bilimdoni”, “Yilning eng faol talabasi”, “Kitob mening do‘stim”, “Eng yaxshi dasturchi”, “Mening konstitutsiyam”, “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” va “Eng yaxshi videoroliklar” respublika tanlovlari g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi 31-yanvar kuni Zakovat arenada bo‘lib o‘tdi.
“Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovining “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Navoiy davlat universiteti, Matematika-informatika fakulteti, Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Ravshanova Gulhayo Azamatovna, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 1-darajali diplomi va maxsus statutkasi bilan taqdirlandi.