O‘zbekiston jahonga Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Imom Al Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Naqshbandiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Behbudiy, Cho‘lpon, Fitrat kabi nomlari dunyoga taralgan qomusiy olimlar, shoirlar, ma’rifatchilar va lashkarboshilarni yetkazib bergan. Avlodlari buyuk bo‘lgan millatniig farzandlaridan ham buyuklar yetishib chiqishi tabiiydir… Iqtidorli yoshlar – O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotining hamda uning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashini ta’minlovchi muhim omil va millat ziynati hisoblanadi. Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashning asosiy – maqsadi Respublikamizning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual yoshlarni tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga bilimnnng tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratishdir. Yuqoridagilar kelib chiqqan holda, NavDU o‘tkazilgan “YIL TALABASI-2024” tanlovi tashkil etilib, yoshlarga o‘z iste’dodlarni namoyish etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berildi. Yakunlangan univesitet bosqichida “Fizika-texnologiya” fakultetining talabalari ham munosib ravishda ishtirok etib, to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha faxrli 1-2-3-o‘rinlarni egallashdi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarni tantanali kutib olish marosimlari o‘tkazilib, turli uchrashuvlar tashkil etildi.