Iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish va olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish muhim vazifalardan biridir.Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilg‘or ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni jalb qiladi va ularning to‘la ishtirokini ta’minlaydi. Shuningdek, iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatining mamlakatimizdagi boshqa ilmiy markazlar va institutlar hamda xorijda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan aloqasini o‘rnatadi.
Shu asnoda Navoiy davlat universiteti Matematika-informatika fakultetida 2025-yilning 3-fevral sanasida Matematika-informatika fakulteti talaba-yoshlari hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi rahbari A.T.Hoshimov bilan birgalikda “Iqtidorli talabalar universitetimiz ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Bunda talabalarga soha mutaxasisi tomonidan kerakli va qiziqarli ma’lumotlar berildi. “Maqola yozish yuqori marralarga erishning ilk qadami hisoblanadi.
Milliy hamda xalqaro jurnallarda maqola chop ettirish kelgusida ko‘plab yutuqlarga yaniy nomdor stipediyalarga va tanlovlar golibi bolish uchun asos vazifasini bajaradi, shuningdek maqola yozishda mavjud nazariyalarga qo‘shilgan yangilik yoki uning takomillashtirilayotgan jihatlari ochib berilishi lozim.Taklif etilayotgan g‘oyaning mazmuni,nazariy va amaliy ahamiyati isbotlab berilishi talab qilinadi”-deydi iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi boshlig’i ustoz A.T.Hoshimov. Shuningdek, talabalar davra suhbatida o`zini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.