“Ba’zi bir pedagoglar bolaning intellektual rivojlanishida shaxmatning foydasi katta, deyishadi. U iqtidorni rivojlantirishga ta’sir qiladimi?” — Kubalik ajoyib grossmeyter Raul Kapablanka shunday degan edi: “Shaxmat — shunchaki o‘yin emas. Bu vaqt o‘tkazishning ma’lum darajada badiiylik va ilmiylikka asoslangan intellektual foydali usuli. Jismoniy mukammallik uchun sport qanchalik muhim bo’lsa, aqliy salohiyat uchun shaxmat shunchalik muhimdir. U insonlarga xos bo’lgan alohida xususiyatlarni rivojlantirish va aqlni mashq qildirishning qiziqarli hamda qulay yo‘lidir”. Bu ajoyib qadimiy o‘yin insonga katta quvonch bag’ishlash bilan birga aqliy rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxmat kishi dunyoqarashini kengaytirib, uni o‘ylashga, fikrlashga, eslab qolishga, taqqoslashga, kelajakni oldindan ko‘ra olish va xulosa qilishga o‘rgatadi. Shuningdek, shaxmat o‘ynagan odamda e’tibor, qat’iyat, iroda, o‘z-o‘ziga tanqid va mustaqil xulosa qilish qobiliyatlari shakllanadi. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida ushbu musobaqaning yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan bellashuvlarda g‘oliblar aniqlandi va munosib taqdirlandi.