Intellektual o‘yinlardagi muhim jihatlardan biri fikrni moxirona ifoda etib berishdir. Shukrki tilimiz nihoyatda boy va go‘zal. Xo‘sh, o‘sha boylikdan va go‘zallikdan to‘liq bahra olayapmizmi? Til tug‘ilgan fikrni ifodalovchi ramz hisoblanadi. So‘z bor ekan undan xohlagancha so‘zlar guldastasi yasash mumkin. Savol tuzganimizda so‘zlardan jumlalarni shunday tuzishga harakat qilamizki, javob paytida bir so‘zni yetmasligi ham bu guldastani kemtik qilib qo‘yadi. Javob paytidagi bu kabi nosozliklar oxir oqibat fikrni yaroqsiz holga keltirib qo‘yadi. Fikringizni to‘laqonli so‘zlar bilan ifoda eta olmadingizmi, tamom sizda tug‘ilgan genial fikr dunyo yuzini ko‘rmayoq jon beradi… NavDU 3-sonli TTJda “Fizika-texnologiya” fakulteti talabalari ishtirokida, yuqoridagi kabi fikr mulohazalar va savol-javoblar asosida “ZAKOVAT” intellektual o‘yini tashkil etildi. “Yoshlarimizni yuqori intellektual salohiyati, iqtidor va izlanuvchanligi, tashabbuskorligi va yetakchiligi bilan chuqur bilim olishga, ilm-fan sirlarini egallashga undab kelayotgan, ular o‘rtasida sog‘lom ilmiy-ma’rifiy raqobat muhitini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish va rivojlantirish, buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishda barchaga alohida o‘rnak va namuna bo‘layotgan, “Zakovat” intellektual o‘yinining bugun bahslari ham juda qiziqarli tarzda o‘tkazildi.