Joriy yilning 6-14-noyabr kunlari YUNESCO va ICP xalqoro tashkilotlari homiyligida Portugaliyaning Tavira shahrida Parameologiya-2022 butun jahon konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiyada yuzdan ortiq parameologiya, sosiolingvistika va sosioantropologiya sohasi olimlari ishtirok etishdi. Xalqaro simpoziumda Navoiy davlat pedagogika instituti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, professori Safarova Nigora Olimovna “Madaniyatlararo muloqotda xalq donoligining parameologik asoslari” mavzusida ma‘ruza qildi. Mazkur konferensiya YUNESCO ko‘magida dunyo xalqlari tafakkur tarixidagi folklor va yozma madaniyat tarixini ommalashtirishga qaratilgan.