Navoiy davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan “Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida Professional ta’lim muassasalarida 2024-2025 o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo’yicha Avgust kengashi tashkil etildi. Avgust kengashi yalpi yig‘ilishida yangi o‘quv yilida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Tadbir davomida ta’lim tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan samarali mehnati, shijoati, ulkan tajribasi bilan professional ta’limni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan qolaversa, 2023-2024 o‘quv yilida qo‘lga kiritgan yutuqlari, mehnat unumdorlik darajasi hamda ko’rik-tanlovlarida ishtirok etib, faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan muhandis-pedagoglarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyat hokimligi hamda boshqarma boshlig’ining “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari topshirildi.