Ochiq muloqot ruhida oʻtgan uchrashuv davomida davlat fuqarolik xizmatida ishlashning ahamiyati, qobiliyatli shaxslarni davlat fuqarolik xizmatiga meritokratiya tamoyili asosida ishga qabul qilish tizimi, iqtidorli va salohiyatli yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga jalb etish kabi masalalar eʼtibor markazida boʻldi. Shuningdek, tadbir davomida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan ajratilayotgan grantlar xususida taqdimot qilinib, stipendiya tanlovlarining talablari va qanday qilib Jamgʻarma stipendiyasini qoʻlga kiritish mumkinligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Maqsad – professional, chuqur bilimga ega, zamonaviy fikrlaydigan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan yangi avlod kadrlarni shakllantirish, ularni izlab topish, davlat fuqarolik xizmatiga jalb qilish.