loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institutda “Iyul — kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” tadbirlar doirasida davra suhbati o‘tkazildi

Navoiy viloyatida “Iyul – kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” deb e’lon qilinib, viloyat hokimligi, viloyat IIB va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan joylarda davra suhbatlari, seminar-treninglar, sport musobaqalari, turli tanlovlar o‘tkazilishi belgilangan.

Shunday tadbirlardan biri Navoiy davlat pedagogika institutida o‘tkazildi. Unda mas’ul xodim tomonidan viloyatda kiberxavfsizlik holati, yuzaga kelayotgan jinoyatlar va oddiy odamlarning firibgarlar tuzog‘iga tushib qolayotgani sabablari haqida gapirildi.

Fuqarolarni kiber xurujlar xavfidan ogoh etish maqsadidagi «Cyber month» — kiber oyligi davomida belgilangan aholi orasidagi keng ko‘lamdagi tushuntirish ishlari joylarda davom etmoqda.