Turkiyaning Alaniya shahrida «Baygench» nashriyoti tomonidan Oʻzbekistondagi «Shine» qizlar akademiyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan, mamlakatimizda turli sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan iqtidorli, faol ayol-qizlarning ijodiy ishlari jamlangan “O’zbekistan’ın umutlu Çiçekleri” (O’zbekistonning umidli chechaklari) kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu kitobdan Navoiy davlat pedagogika institutining tayanch doktoranti, O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi Mohira Sa’dullayevaning ilmiy ishi doirasidagi maqolasi ham oʻrin olgan. Albatta bu kabi loyihalar, ikki millat oʻrtasidagi adabiy, ilmiy, madaniy va doʻstlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yosh olimamizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz.