Ishchi xodimlarga qulaylik yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yetarlicha sharoit yaratib berish maqsadida bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonovning navbatdagi qabuli oʻtkazildi.
Qabulda ishchi xodimlar turli masalalarda, ayniqsa oylik maosh borasida murojaat qilishdi. Institut rektori xodimlarni ish faoliyatiga va ishga boʻlgan masʼuliyatiga qarab oylik maoshlariga ustama haqqi toʻlanishi boʻyicha tushuntirib, bu boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlarni berdi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, oʻqiutuvchilikka ishga qabul qilish borasida qilingan murojaat qanoatlantirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Boshqa masalalar yuzasidan yo’llangan murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar, maslahatlar berildi.