Maʼlumki, bugungi kunda yurtimiz yoshlar siyosatida ustuvor vazifa sifatida barcha rahbarlarga hududlar kesimida, avvalo, ishsiz, norasmiy sektorda band boʻlgan va chet elga ishlash uchun ketgan yoshlar bilan tizimli ishlash vazifasi alohida qayd etilgan.
Shundan kelib chiqib, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonovga ham Navbahor tumani “Sarbozor” MFYda istiqomat qiladigan 47 nafar ishsiz, norasmiy sektorda band boʻlgan va chet elga ishlash uchun ketgan yoshlar biriktirilgan. Ular bilan institut rektori boshchiligida prorektorlar va masʼullar doimiy xabardor boʻlishayapti.
Xabaringiz bor, yaqinda institut tomonidan ushbu yoshlarga oʻzini band qilish maqsadida tikuvchilik, payvandlash va sartaroshlik uskunalari olib berildi. Ayni shu maqsadda bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov yoshlarning mehnat faoliyati bilan tanishdi. Institut tomonidan xarid qilingan anjomlar bilan qay darajada oʻzlarini band qilayotganliklari oʻrganilib, oʻz sohalari boʻyicha yaxshi ishlarni bajarishlariga umid qilindi.
Shu bilan birga, yaqin kunlarda Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan Navbahor tumani “Sarbozor” MFYda mustaqilligimizning 33 yillik bayram shodiyonalari munosabati bilan katta tadbir va konsert dasturi tashkil etiladi. Hozirda institut rektori topshirigʻi bilan masʼullar mahallada tayyorgarlik ishlarini olib borishyapti.
Mazkur tadbirga tayyorgarlik jarayonlari bilan shaxsan institut rektori tanishib, tadbirni yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalarini berdi.