loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut rektori yoshlar muammolarini manzilli o‘rganishda davom etmoqda

  Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov Navbahor tumani Karvon MFYdan biriktirilgan yoshlar bilan bir necha bor uchrashib, ularning muammolari va murojaatlarini o‘rganib kelmoqda. Jumladan, Sh.Egamberdiyev, B.Ro‘ziqulov murojaatlari bo‘yicha dasturlashni o‘rganish va fliransorlik bilan shug’ullanish uchun noutbuk so‘rashgan edi. Yaqindagina shu 2 nafar yoshlarga murojaatlari bo‘yicha noutbuk taqdim qilindi. Endilikda bu yoshlar o’z intellektual salohiyatlarini ro’yobga chiqarishlari uchun yana bir imkoniyat paydo bo’ldi.

S.Normurodovga esa oliy ta’limda o‘qishi uchun “IT” sohasiga oid kitoblar kerakligi ma’lum qilingan va institut tomonidan darslik hamda badiiy adabiyotlar, shu bilan birga shaxmat taxtasi berildi. Bu e’tibor uchun yoshlar, ularning ota-onalari, avvalo, Yurtboshimizga, hukumatga o‘z minnatdorchiliklarini izhor qildilar.