loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut rektori talabalar turar joyida

   Navoiy davlat pedagogika instituti talabalar turar joylarida yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqinlan tanishish, ularning holidan xabar olish maqsadida oliygoh rektori, professor Muxiddin Kalonov 2-sonli talabalar yotoqxonasidagi talabalar bilan muloqot olib bordi. Ularga Davlatimiz tomonidan yoshlar uchun, xususan talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, sharoitlar haqida maʼlumot berildi. Shu bilan birga, xotin-qizlar uchun berilayotgan imkoniyatlar xususida toʻxtalib, hayotiy missolar asosida dildan suhbat qurildi. Shuningdek, talabalarning muammolari, taklif va tashabbuslari soʻraldi. Yotoqxona kutubxonasini badiiy va oʻquv adabiyotlari bilan boyitish kerakligi qayd etilib, bu bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi.