Navoiy davlat pedagogika instituti rektori talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda institut faoliyati, undagi taʼlim jarayoni, ilmiy tadqiqot hamda maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. B.Sobirov oʻzining hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi boʻlim boshligʻi Laziz Qayumov, viloyat Yoshlar ishlari agentligi direktori Umid Bahromovlar ham ishtirok etib, bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosati, ular uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, imtiyozlar haqida soʻz yuritdilar.
Shuningdek, oʻz bilimi, iqtidori bilan tengdoshlariga namuna boʻlib kelayotgan, turli tanlov va tadbirlarda, sport sohasida ishtirok etib, yuqori natijalarni qoʻlga kiritayotgan bir guruh talaba-yoshlarlarga tashakkurnoma, diplom va sovgʻalar topshirildi.
Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tkazildi.