Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov registratorlik ofisida olib borilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlari bilan tanishdi. Ishlarni sifatli olib borish, mazkur ofisni talab darajasida tashkil qilish va belgilangan muddatda yakunlash boʻyicha koʻrsatma berildi.
Registratorlik ofisi Przeidentimizning topshirigʻiga binoan tashkil etilmoqda. Bu yer talabalarga xizmat koʻrsatadigan, ularni ortiqcha ovoragarchiliklarsiz murojaatlariga yechim beradigan maskan boʻladi. Oʻqishdan tortib, kontrat toʻlov masalalari, ijara, talabalar uyi, diplom masalalari va boshqa yumishlar bilan murojaat qilganlarga batafsil tushuntirish berilib, muammolariga ijobiy yechim beriladi.