Oliy taʼlim muassasalari hamkorligini yanada rivojlantirish, hamkorlik koʻlamini kengaytirish, oʻquv-uslubiy hamda ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarida integratsiyalashuvni mustahkamlash maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov Qarshi davlat universitetida boʻldi. Universitetda 13 ta fakultet, 45 ta kafedra mavjud boʻlib, 65 ta bakalavriat, 26 ta magistratura va 27 ta doktorantura ixtisosliklari bor. Oliygohda 6 ta ilmiy Kengash, 1 ta ilmiy markaz, 9 ta ilmiy laboratoriya, 25 ta oʻquv laboratoriya mavjud. Navoiy davlat pedagogika instituti rektori universitetning kimyo-biologiya, geografiya va agronomiya fakultetlaridagi oʻquv laboratoriya xonalarida olib borilayotgan ishlar, ilmiy va innovatsion loyihalar, shuningdek axborot resurs markazi faoliyati, uning imkoniyatlari bilan tanishdi. Talabalarga xizmat koʻrsatish markazi — “Registratorlik ofisi” faoliyati haqida maʼlumot berildi. Bu yerda talabalar va ishchi xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar koʻrsatildi.
Qarshi davlat universiteti taʼlim va tadqiqotga global yondashuvni qoʻllab quvvatlovchi Oʻzbekistondagi yeng yirik va yetakchi universitetlardan biri hisoblanadi. Qarshi davlat universiteti koʻp bosqichli taʼlim tizimida faoliyat koʻrsatadigan koʻp tarmoqli universitetdir. Ayni paytda universitet 70 dan ortiq xorijiy taʼlim muassasalari bilan ilmiy va taʼlim sohasida hamkorlik shartnomalari va anglashuv memorandumlari tuzib ular bilan faol ishlab kelmoqda.