Navoiy davlat pedagogika instituti psixologi Dilfuza Abduraimova tomonidan “Yoshlik” ko‘lida Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti talabalari bilan “Kimsasiz orolda yashash uchun kurash” nomli psixologik trening, Tarix fakulteti talabalariga “Giyohvandlik va uning zararli oqibatlari” tadbiri doirasida psixologik suhbat olib borildi. Shuningdek, Navoiy garnizoni 20022 harbiy qismda “Harbiy xizmatchilar o‘rtasida ruhiy zo‘riqish (stress)ni oldini olish” mavzusida trening o‘tkazildi. Mazkur psixologik treninglardan maqsad, inson shaxsida irodaviy-psixologik sifatlarni shakllantiruvchi, ularni hayotda to’g’ri qaror qabul qilishlari va to’g’ri yo’lni tanlashlarida ko’maklashishga yordam beradi. Bu kabi treninglar talabalar kayfiyatini ko’tarib, ularga ko’tarinki ruh baxsh etishi bilan ahamiyatlidir.