loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut bo‘ylab tanishuv davom etmoqda

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishdi.

Axborot-resurs markazi 700 nafarga yaqin professor-oʻqituvchilarga, 20 000 nafardan ziyod talabalarga, 3 ta mahalla fuqarolar yigʻinining 200 nafardan ortiq aholisiga xizmat koʻrsatuvchi yirik universal ilmiy kutubxona hisoblanadi. ARMning umumiy fondi 127000 mingdan ziyod bosma nashr mahsulotlaridan iborat boʻlib, shundan 43200 donasi darslik oʻquv qoʻllanmalari, 49300 donadan koʻprogʻi badiiy adabiyotlarni tashkil etadi. Bundan tashqari, 10 dan ziyod audio va elektron adabiyotlar fondi mavjud.

Institut rektori axborot-resurs markazi bilan tanishish barobarida oʻzining bir qator topshiriqlarini berib oʻtdi. Jumladan, kitobxonlikni targʻib qiluvchi tadbirlarni koʻpaytirish, markaz fondida mavjud boʻlmagan, ammo taʼlim yoʻnalishlaridagi fan dasturiga kiritilgan oʻquv adabiyotlarini aniqlash, xarid qilish, mavjud boʻlmaganlarini tarjima qilish, kitob taqdimotlarini oʻtkazish, jadidchilikka oid adabiyotlarni koʻpaytirish kabi masalalar boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Shundan soʻng institut rektori, professor M.Kalonov Jismoniy madaniyat hamda Tabiiy fanlar fakultetlarida talabalar, professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyatini koʻtarish, oliy taʼlim muassasalari bilan yaqin hamkorlik oʻrnatish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni mustahkamlash va boshqa bir qator masalalar boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, 1 – va 4 – sonli yotoqxonalarning imkoniyatlari, talabalar boʻsh vaqtlarida foydalanishlari uchun tashkil qilingan 5 tashabbus xonalari, yotoq joylar koʻrildi hamda yotoqxonalarni kengaytirish masalasi muhokama qilindi.

Shu bilan birga, Ingliz tili va adabiyoti hamda Rus va qozoq filologiyasi fakultetlariga borilib, dekan va ularning oʻrinbosarlari bilan muloqot qilindi. Muloqotda taʼlim sifatiga eʼtibor berish, fakultetlarning ilmiy salohiyatni oshirish, professor-oʻqituvchilarni ilmiy stajirovkalarga yuborish, ingliz tilini belgilovchi IELTS, TOEFL kabi sertifikatlar olish markazini tashkil qilish va boshqa shu kabi muhim masalalar boʻyicha masʼul rahbarlarga tegishli vazifalar berildi. Shuningdek, 300 oʻrinli 3-sonli talabalar turar joyidagi maʼnaviyat xonasi, gimnastika zallari koʻzdan kechirildi.