Yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada barqarorlashtirish, aholi, ayniqsa, yosh avlodni turli g‘oyaviy va axborot xurujlaridan saqlash, hushyorlik va ogohlikka da’vat etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun dunyo tez o‘zgarib, undagi voqealar, mafkuralar, g‘oyalar to‘qnashuvi, shuningdek, ayrim mamlakatlaridagi qurolli mojarolar, qo‘poruvchilik ishlari bizni har qachongidan sergak va ogoh bo‘lishga undaydi. Inson o‘zi uchun halovat va tinchlikni o‘z idroki va bilimi bilan ta’minlaydi. Mamlakatimizda yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom ruhida kamol toptirish, ularni ma’naviyatimizga yot zararli g‘oyalar ta’siridan himoyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. NavDU “Fizika-texnologiya” fakulteti mavzu yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bugun universitetimizda yoshlarni ilm-ma’rifatli, turli sohalarda yetuk mutaxassis, jismonan barkamol inson bo‘lib yetishishi uchun keng sharoitlar yaratib berilgan. Mazkur imkoniyatlardan to‘la-to‘kis foydalanish, jamiyat va davlat uchun fidokor shaxs bo‘lish har bir yoshning burchi va maqsadi. Buning uchun esa, ular avvalo, kasb fanlarini chuqur o‘zlashtirish, shuningdek, o‘zbek xalqining mehnatsevarlik, oilani muqaddas bilish, insonlarga mehribonlik, do‘stlarga sadoqat, vatanparvarlik kabi tarixan e’zozlab kelinayotgan qadriyatlarini o‘zida shakllantirishi talab etiladi. Darhaqiqat, inson ogoh bo‘lsagina o‘zining kelajagiga teran nazar bilan boqadi, kelishi mumkin bo‘lgan xavfu xatarni kelmasidan oldin bartaraf qilish harakatida bo‘ladi.