Talaba yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida Ingliz tili va adabiyoti fakultetida “Handcrafter Students Spring Fair” nomli ko’rgazma-yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada talabalarning ilmiy va innovatsion loyihalari, ijodiy ishlari, ko‘rgazmalari va badiiy chiqishlari namoyish etildi. Ushbu tadbirdan asosiy maqsad milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, bu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini to‘liq saqlab qolish, yoshlarni hunarmandchilikka keng jalb etish orqali ularning ish bilan bandligini ta’minlashdan iboratdir.
Tadbirda institut rahbariyati, fakultet jamoasi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.