loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Imkoniyati cheklangan iqtidorli talabalar uchun tanlov institut bosqichida bo’lib o’tdi

 Navoiy davlat pedagogika institutida imkoniyati cheklangan iqtidorli talabalar uchun “Eng yaxshi talaba” tanlovi institut bosqichi bo’lib o’tdi. Xabaringiz bor, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan iqtidorli talaba-yoshlarni aniqlash va ularni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi imkoniyati cheklangan talabalar oʻrtasida “Eng yaxshi talaba” tanlovini eʼlon qilgan edi.

Tanlov nizomiga  muvofiq, birinchi bosqich fakultetlar oʻrtasida, ikkinchi bosqich institut (universitet) oʻrtasida, yakuniy bosqich Respublika OTMlari oʻrtasida boʻlib oʻtadi.

  

Ushbu tanlovning institut bosqichi o’tkazildi. Unda fakultetlardan 10 nafar nomzod o’zlarining taqdimoti bilan qatnashdi. Tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan har bir ishtirokchining hujjatlar papkasi, xususan, fanlarni qay darada o’zlashtirganligi, jamoatchilik ishlarida faolligi va erishgan yutuqlari tahlil qilindi.