Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Navoiy viloyat hokimligi va Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida “Jaxolatga qarshi maʼrifat” goyasi ostida “Dunyoda ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbatda aytilgan maʼruzalarga asosan talabalarni ilmga qiziqtirish, ilmga yoʻnaltirish, oliy taʼlimga qaratilayotgan keng imkoniyat va dinimizda ham ilm yoʻlida bir qator hadis va oʻgitlar bilan bitilgani xususida soʻz yuritildi. Shuningdek, Buyuk allomalarimiz va mutaffakir ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-maʼnaviy merosini asl mohiyati bilan tanishtirish va talabalar kelajakda yetuk kadr boʻlib yetishishlari suhbat jarayonida ta’kidlandi.
Ushbu davra suhbatida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari, institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilari, tyutorlari va talabalari ishtirok etdi.