Respublikamizda faoliyat yuritayotgan OTMning 30 yoshgacha bo‘lgan ijodkor yoshlari (jami 115 nafar ishtirokchi) o‘rtasida «Ilhom» mukofoti uchun o‘tkazilgan tanlovda Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o‘qituvchisi Nizomov Farhod Muso o‘g’li 3 ta eng munosib rag’batlantirilganlarning biri sifatida hukumat darajasida e’tirof etildi.
Bu institutimizda iqtidorli yoshlarga berilayotgan e’tibor va g’amxo‘rlikning yaqqol namunasidir. Ma’lumot o‘rnida: Ushbu tanlov har yili shoir va yozuvchilar hayoti va ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishayotgan yoshlarni izlab topish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi.