Navoiy davlat pedagogika institutida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha 8 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan talabgorlar bilan suhbat bo‘lib o‘tmoqda.
NavDPI oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Gʻ.Yodgorov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat“ tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi A.Xalikov hamda qabul komissiyasi masʼul kotibi A.Norbekovlar tomonidan hujjatlarni Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz platformasi orqali rasmiylashtirish jarayoni, to’lov-shartnomalarni o‘z muddatida to‘lash tartibi hamda institut faoliyati xususida batafsil tushuntirishlar berildi.
NavDPIga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha jami 459 ta ariza kelib tushgan.