“Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi – mening nigohimda” ijodiy ishlar tanlovi ishtirokchilari taqdirlandi. Prezidentimizning 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida oliy taʼlim muassasalari talabalari hamda umumtaʼlim maktab oʻquvchilari oʻrtasida tanlov eʼlon qilingan edi.
Institutning faollar zalida , Navoiy viloyati va shahar prokuraturalari, Ichki ishlar boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Navoiy viloyat boʻyicha boshqarmasi, “Yuksalish” umummilliy harakati Navoiy viloyat boʻlimi, Xalq taʼlimi boshqarmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Navoiy viloyat boʻlimi, Navoiy davlat pedagogika instituti hamda viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi hamkorligida “Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi – mening nigohimda” ijodiy ishlar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.
Maʼlumotlarga koʻra, mazkur tanlovga ishtirok etish uchun jami 104 ta ariza kelib tushgan boʻlib, shundan 15 nafar ishtirokchi gʻolib deb topildi. Shuningdek, 5 ta yoʻnalish boʻyicha faol ishtirok etganlar ham faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.