loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Hurmatli talabalar, biotexnologiya bo‘yicha bepul yozgi maktab sizni chorlaydi!

Yozgi maktabda siz klinik va ilmiy laboratoriyalarda qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar asosida biotexnologiya, molekulyar biologiya, biokimyo va mikrobiologiya bo‘yicha yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallaysiz hamda akademik muhitda o‘zingizni yangidan kashf qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

💡KIMLAR UCHUN: Biologiya, farmatsevtika va shu fanlarga aloqador yo‘nalishda tahsil olayotgan bakalavr va magistratura talabalari uchun.

☝️MUHIM: Qatnashish bepul. Bakalavr va magistraturani 2024-yilda tugatganlar ham hujjat topshirishi mumkin. Ishtirokchilardan talabaligini yoki ushbu yili tugatganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinishi so‘raladi.

👩‍🔬👨‍🔬MENTORLAR: O‘zbekistonda PZR test-tizimi (https://mininnovation.uz/news/2231) ishlab chiqilishida ishtirok etgan mutaxassis-olimlar.

🔎QABUL JARAYONI: Ariza formasini (https://forms.gle/khv7JB7wHAZxqvu69) 3 ta tildan birida to‘ldiring — > Inshongiz asosida suhbatga chaqirilasiz. Yakuniy tanlov suhbat shaklida bo‘ladi.

📅Mashgʻulotlar 5–17-avgustda Toshkentdagi Ilgʻor texnologiyalar markazida (https://t.me/uzadvanced/578) oʻtkaziladi.

📝 Hujjat topshirishning oxirgi sanasi 30-iyul soat 18:00. Ushbu vaqtdan so‘ng topshirilgan arizalar ko‘rib CHIQILMAYDI.

TIL: Dastur asosan o‘zbek tilida olib boriladi. Lekin ingliz va rus tilidagi materiallardan ham foydalaniladi.

Natijalarni https://t.me/uzadvanced va https://t.me/MMBiology_uz kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.

☝️YANA BIR MUHIM: Ariza holati bo‘yicha alohida yoki boshqa turdagi natijalar telefon yoki SMS orqali JO‘NATILMAYDI. Faqatgina suhbatga chaqirilganlarga Zoom linki SMS/Telegram yoki e-mail orqali yuboriladi. Shu sababli, telefon raqamingiz va elektron manzilingizni to‘liq va to‘g‘ri kiritishingiz so‘raladi.

👉Yanada batafsil BU YERDA (https://t.me/MMBiology_uz/187)