Navoiy davlat pedagogika institutida huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda JIB Navoiy shahar sudi sudyasi M.Kamolov, Navoiy shahar prokurori oʻrinbosari F.Tursunov, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Navoiy viloyati boshqarmasi masʻul vakillari N.Toshev, E.Sayfullayev hamda Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari T.Normurodov, F.Safarovlar qatnashib, korrupsiyani oldini olish, qabul jarayonlarini sifatli tashkil etish, sohada uchrab turayotgan muammolar va ularning natijalari xususida to‘xtalishdi.
Shuningdek, tadbir ishtirokichilariga oliy taʼlim muassasidagi ijobiy oʻzgarishlar, yutuqlar haqida maʼlumot berildi.