Hududlardagi pedagogika oliygohlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh ayni paytda Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lib turibti. Mamlakatimizda pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish masalalarini o‘rganish uchun kelgan ishchi guruh, dastlab Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati va dekanlari, viloyatdagi ta’lim muassasalari rahbarlari va boshqarma boshliqlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.
Ishchi guruh, shuningdek, Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan PQ-289 va 290-sonli Qarorlari ijrosini o‘rganish, ya’ni sohada pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, pedagogika oliygohlarini tizimli rivojlantirish, pedagogik ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlarni tahlil qilib, Navoiy davlat pedagogika institutini kompleks rivojlantirishning manzilli konsepsiyasini muhokama qildilar.
Ishchi guruh a’zosi, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti akademik liseyining ijrochi direktori B.Adizov Navoiy davlat pedagogika instituti Akademik liseyi bilan tanishdi.
B.Adizovga o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor D.Ro‘ziyev, liseyi ijrochi direktori F.Maxammatqulovlar hamrohligida liseyidagi o‘quv-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-pedagogik ishlar hamda so‘nggi yillarda lisey o‘qituvchi va o‘quvchilari erishayotgan yutuqlar, loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.