Navoiy davlat pedagogika instituti rektor maslahatchisi Bahodir Abdullayev hamda birinchi prorektor Xurshid Qurbonov boshchiligida Tabiiy fanlar, Jismoniy madaniyat, Sanʼatshunoslik hamda Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetlari tyutorlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Tyutorlarning 5 oyda bajargan ishlari hisoboti eshitilib, kelgusi rejalar belgilab olindi. Shuningdek, talabalar jinoyatchiligini oldini olish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilash borasida topshiriqlar berildi.
Uchrashuvda profilaktika inspektorlari, institut psixologi ishtirok etdi.