Navoiy davlat pedagogika instituti “Umumiy tibbiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi SH.Akobirov tomonidan «Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsad va vazifalari» mavzusida NavDPI akademik liseyi o‘quvchilariga mahorat darsi tashkil etildi.
Darsda o‘quvchilarga “Jabirlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish”, “Bugungi kunda uchraydigan yuqumli kasalliklardan ehtiyot bo‘lish”, “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganida, birinchi vazifa sifatida tayyor turish” kabi masalalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Mahorat darsida lisey hamshirasi G.Abubakirova, lisey o‘qituvchisi A.Madadjanov, direktor o‘rinbosari A.Qosimovlar ishtirok etdi.