loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Mardlik va jasorat – Vatan himoyachilarining shonli yo’li!

  Navoiy davlat universitet Fizika-texnologiya va Matematika-informatika fakultetlarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan bayram festivali tashkil etildi. “Vatanparvarlik oyligi” dasturi doirasida viloyatimiz mehnat jamoalari, taʼlim muassasalari, mahallalarda turli tadbirlar oʻtkazilib, mamlakatimiz va xalqimiz tinchlik-osoyishtaligini himoya qilayotgan harbiy xizmatchilarga yuksak ehtirom koʻrsatilmoqda.

Dekabr oyidan boshlangan bayram tadbirlari doirasida Navoiy davlat universiteti Fizika-texnologiya va Matematika-informatika fakultetlarida ham bayram festivali tashkil etildi. Tadbirda Navoiy viloyat Yoshlar Ittifoqi kengashi, Navoiy shahridagi 20022 harbiy qism rahbariyati, Navoiy viloyati Favqulotda vaziyatlar bo‘linmasi hamda Navoiy shahridagi “Janubiy” MFY faollari ishtiroki etishdi. O‘tkazilgan harbiy-vatanparvarlik festivalidagi harbiy texnik koʻrgazmalar, harbiy qism “Harbiy orkestr” va “Faxriy qoravul” askarlari hamda milliy gvardiyamiz jangchilarining qo‘l jangi bo‘yicha harbiy chiqishlari, ishtirokchilarda va ayniqsa yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.