loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Har kuning Navro’z bo’lsin, jonajon O‘zbekistonim

  Ozod va obod yurtimizda bahor nafasi urib turibdi. Yangilanish faslini kutayotgan qalblarimizni iliqlik va faraxbaxsh tuyg’ular egalladi. Har bir faslning o’z o’rni, gashti bor. Biroq “fasllar kelinchagi” deya ta’riflanadigan bahor o’zgacha. Bahorni “uyg’onish fasli” deb bejiz aytmaydilar. Chindan ham, bu faslda tabiat go’yo qishki uyqudan “uyg’onadi”. Serbaraka bahor yomg’iri zaminning yashnashiga sabab bo’ladi. Uning yangilanish fasli deb nom olishi qadimiy an’ana – Navro’z shodiyonasi bilan bog’lanadi.

    

 Navoiy davlat pedagogika institutida Magistratura boʻlimi tomonidan “Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim” degan bosh gʻoya asosida “Asriy qadriyatlar beshigisan, Navroʻz” nomli bayram sayli tashkil etildi.

 

Unda professor-oʻqituvchilar, magistrant va talabalar tomonidan qoʻl mehnati mahsuli boʻlmish ajoyib sanʼat namunalari koʻrgazmasi, bayram dasturxonlari bahoriy taomlar, pazandalar tortiq qilgan pishiriq va shirinliklar, sport oʻyinlari, kitob savdosi, zakovat oʻyinlari namoyish etildi. San’atshunoslik fakultetining badiiy jamoasi tomonidan ulanu-laparlar, milliy kuy-qoʻshiqlar va raqslar ijro etildi. Doshqozonlarda osh damlanib, sumalak solindi.

Ushbu bayram tadbiriga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov tashrif buyurib, professor-oʻqituvchilar, magistrant va talabalarni bayram bilan qutladi. Shundan so’ng qoʻl mehnati mahsuli boʻlmish ajoyib sanʼat namunalari koʻrgazmasi, bayram dasturxonlari bahoriy taomlar, pazandalar tortiq qilgan pishiriq va shirinliklar, sport oʻyinlari, kitob savdosi, zakovat oʻyinlari bilan tanishdi. Bayram munosabati bilan doshqozonda sumalak qaynab, yaxshi niyatlar bildirildi.