loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

HAMKORLIKDAGI TA’LIM RIVOJLANISHI AMALDA

  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo’yicha milliy dasturni tasdiqlash to’g’risida”gi PF-134-son farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan o’quvchilar ongiga vatanparvarlik tuyg’ularini va milliy qadriyatlarni singdirish, boy madaniy-tarixiy meros, ilm olishga ko’maklashish, buyuk ajdodlarimiz ma’naviy merosini o’rganishlari uchun sharoitlarni yaratishda sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlarni keng jalb etish; rahbar va pedagog kadrlar tomonidan ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni, sohada joriy qilinayotgan yangiliklarni yanada kengroq targ’ib etilishi, o’quvchilarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishlari uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni olishlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ularning bilimi va tafakkurini oshirish maqsadida Navoiy shahar prokuraturasi, “Intelligent” o’quv markazi, viloyat “Ziyokor” ayollar va yoshlar markazi hamda viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, Navoiy davlat pedagogika instituti Tilshunoslik kafedarsi hamkorligida 2022-yil 6-noyabr kuni Navoiy shahar 2-sonli umumta’lim maktabida viloyatdagi umumta’lim maktablarining 2-11 sinf o’quvchilari o’rtasida belgilangan maxsus fanlari o’rtasida test shaklida 50 mln so’mlik ta’lim grant loyihasi bo’yicha fan olimpiadasi bo’lib o’tdi. Olimpiadada filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori G.Norova ham ishtirok etib, bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, o’sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko’tarish, o’quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovasion shakllari va usullarini joriy etish, ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, oliy ta’limni modernizasiya qilish, ilg’or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish to’g’risida olimpiada ishtirokchilariga ma’lumot berdilar.