loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

 Har bir mamlakatning rivojlanishi, dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga chiqishi, shak-shubhasiz, unda tahsil olayotgan yoshlarga bog’liqdir. Shuning uchun ham respublikamizda ta’lim samaradorligini oshirish,ta’limda keng qamrovli yutuqlarga erishish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berish uchun mustahkam baza mavjud bo’lib, bu tizim zamon talablariga mos ravishda takomillashtirilib bormoqda. Shu sababli ta’lim tizimini takomillashtirish uchun chet el andozalaridan namuna olgan holda qator ishlar amalga oshirildi.

 

NavDPI va Qozog‘iston Respublikasi Olmaota texnologiya universiteti o‘rtasida 2024 yil 8-may kuni hamkorlik memorandumi imzolandi. “Ushbu memorandumning maqsadi ta’lim sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyat yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini tartibga soladi.

Ikki davlat oliy ta’lim dargohlarining istiqbolda turli sohalarda hamkorligi ya’ni ilmiy metodik konferensiyalar tashkil etish, ilmiy uslubiy qo‘llanmalar, darslik va metodik materiallar tayyorlashda, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish va zamonaviy ilmiy-metodik dasturlarni amaliyotga keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.”-dedi NavDPI “Texnologik ta’lim” kafedrasi mudiri, dots. Sh.Ochilov.