Navoiy davlat pedagogika instituti va Pokiston Quaid-i-Azam universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Istitut rektori, professor Bahodir Sobirov bilan o‘tkazilgan uchrashuvda dastlab talabalar kontingenti, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati, olib borilayotgan amaliy ishlar to‘g’risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ikkala oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, birgalikda turli ilmiy loyiha va konferensiyalar tashkil etish yuzasidan fikrlar almashildi.
Uchrashuv davomida Navoiy davlat pedagogika instituti va Pokiston Quaid-i-Azam universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Shundan sho’ng Pokiston Quaid-i-Azam universiteti professori Muhammad Zafar institutning Tabiiy fanlar fakulteti talabalariga “Botanika” fanidan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni olib boradi.
Xorijlik olim bilan Biologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari ikkala oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilib, talabalar va magistrantlarga dars mashg’ulotlarini olib bordi.