Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti binosi oʻquv zalida Navoiy viloyati «Ekoturizm va Ekohuquq» Bioekologik markazi jamoat birlashmasi Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan «Karmana – buyuk insonlar qadami yetgan qadimiy diyor» grant loyihasi doirasida 2022-yil 29– mart kuni NDPI tuzilmasidagi «Qatogʻon qurbonlari xotirasi» muzeyi va Tarix fakulʼteti bilan hamkorlikda «Karmanadagi ziyoratgoh va qadamjolar koʻhna tarixdan soʻzlaydi » nomli davra suhbati va ochiq muloqot oʻtkazildi.
Davra suhbati Bioekologik markaz jamoat birlashmasi, NDPI tuzilmasidagi «Qatagʻon qurbonlari xotirasi» muzeyi va Tarix fakulteti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Davra suhbati juda qizgʻin bahs-munozaralarga boy boʻlib, yoshlarga motivatsion ruh bagʻishladi. Tadbir soʻnggida faol qatnashgan talabalar sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.