Navoiy davlat pedagogika instituti Chet tillar fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining topshirig’iga muvofiq, SHanxay hamkorlik tashkiloti “Narkotiklardan xoli dunyo” xalkaro antinarkotik aksiyasi o‘tkazish bo‘yicha talabalar o‘rtasida “Giyohvandlikning oldini olish va uning zararli oqibatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Navoiy viloyati IIB JKB boshlig’i o‘rinbosari B.Qurbonov, viloyat IIB JKB tezkor xodimi X.Po‘latov, Chet tillar fakulteti dekan muovini F. Aliev, fakultet tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.