loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

GIYOHVANDLIK QARSHI KURASHISH YUZASIDAN HUQUQIY-PROFILAKTIK TADBIR

 Giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish yuzasidan huquqiy-profilaktik tadbir o‘tkazildi. Ma’lumki, har yili mamlakatimizda noyabr-dekabr oylarida “Tarkibida giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan dori vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” oyligi o’tkazilib kelinadi.

Navoiy davlat pedagogika institutida ham talabalarni ogohlikka chaqirish maqsadida xuddi shunday tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik A.Matlyubov, tezkor vakillar F.Azgarov, B.Savriyev, narkolog vrach K.Shaimova va Navoiy viloyat IIB vakillari ishtirok etishdi. Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, unda mas’ullar mavzu yuzasidan tushunchalar berish qatorida talabalarning bir qator savollariga batafsil javoblar taqdim etishdi.