loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

FUTBOLDA MAG’LUB TOMON HAM ODATDA HAFA BO’LMAYDI

  NavDPI talaba-yoshlari o‘rtasida sport musobaqalarini tashkil etish orqali bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda sog‘lom hayot tarzini shakllantirishga qaratilgan sport turnirlarini o‘z ichiga olgan “Talabalar ligasi” loyihasiga start berilgan edi. 2023 yil 5-oktabr kuni “Fizika-texnologiya” fakultetida mini-futbol bo‘yicha saralash o‘yinlari o‘tkazildi. “Musobaqaning asosiy maqsadi – talabalarning jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashish, futbolga qiziqishini oshirish, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga doimiy jalb qilish va ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda yoshlar o‘rtasida futbolning yanada rivojlanishiga ko‘maklashishdan iborat. Futbolda qatnashchilarning ba’ri bor diqqat e’tiborini o’yinga qaratgani uchun boshqa narsalarni o’ylashga imkon yo’q. Shuning uchun ham futboldan keyin havaskor o’yinchilarning kayfiyati ko’tarilganini ko’rasiz, mag’lub tomon ham odatda hafa bo’lmaydi. Bugun yoshlar nigohidan bu holat yaqqol sezilib turibdi…”-dedi uchrashuvlar hakami, “Jismoniy madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Bobomurodov.