loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Fuqarolar muammolari o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda

Navoiy viloyatini ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsadida viloyat hokimligi tomonidan korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga, avvalo, ishsiz, norasmiy sektorda band boʻlgan va chet elga ishlash uchun ketgan fuqarolarni ish oʻrinlari bilan taʼminlash vazifasi yuklatilgan.

Shundan kelib chiqib, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor M.Kalonovga ham Navbahor tumani “Sarbozor” MFY da yashovchi 64 nafar ishsiz fuqarolar biriktirilgan.

Shuningdek, M. Kalonov fuqarolarning oʻz-oʻzini band qilish boʻyicha qilgan murojaatlaridan kelib chiqqan holda ularni ishga joylashtirish hamda oʻz-oʻzini band qilish borasida hamkor korxona va tashkilotlar bilan tizimli ishlarni olib bormoqda.