Navoiy davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim hamda San’atshunoslik fakultetlari birinchi kurs talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Unda Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov qatnashib, oliy ta’limdagi islohotlar, erishilgan yutuqlar, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtaldi. Shuningdek, universitet to‘g’risidagi qaror hamda ta’lim muassasasining yangi kampusi to‘g’risida ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida namunali xulqi, o‘qishdagi faolligi uchun talabalarning ota-onalariga tashakkur bildirilib, e’tirof etildi.