Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi A.Xalikov, profilaktika inspektori mayor N.Xayitovlar Fizika – texnologiya, Ingliz tili va adabiyoti fakultetlari birinchi bosqich talabalari bilan uchrashib, profilaktik uchrashuv olib borishdi.
Tadbirda boʻlimning ish faoliyati, amalga oshirilgan ishlari, ishoch telefoni, telegram bot manzili, odob-axloq qoidalari, “talaba yoshlar klubi”, jinoyatchilikka qarshi kurashish, yoshlar orasida uchrab turgan maʼmuriy huquqbuzarliklar, ularga koʻrilgan choralar haqida maʼlumotlar berildi.
Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi. Profilaktik tadbirlar davom etmoqda.