Zahiriddin Muhammad Bobur voqelikni nihoyatda nozik idrok etuvchi, his-hayajon bilan yashovchi, inson ruhiyatining barcha holatlarini ilg‘ab oluvchi, xotirasi o‘tkir, mulohazalari chuqur, mehri qaynoq, fikr doirasi benihoya keng, vijdoniyati, oriyati g‘oyat mustahkam siymo bo‘lgan. Shu kunlarda NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida, talaba-yoshlari ijrosida millatimizning porloq yulduzlaridan biri benazir shoir va sarkarda tavalludiga bag’ishlab Boburxonlik kechasi tashkil etildi. Shuningdek, dastur davomida Boburning Afg’oniston tog’laridagi hayoti, Hindiston taxtini egallab, u yerdagi hayotini aks ettirgan sahna ko’rinishlari uning ichki kechinmalari, qiyinchilikka to’la hayot, yurt sog’inchi, vatanga muhabbatini juda ham ta’sirli ravishda ko’rsatib bera oldi. Bobur ruboiy va g’azallari asosida tayyorlangan “Guloyim”, “Bahor ayyom”, Boburga bag’ishlangan “Anda jonim qoldi” kabi qo‘shiqlar ishtirokchilarning qalblariga insoniylik, vatanparvarlik kabi tuyg’ularni jo etdi. Tadbir so’ngida fakultet ma’muriyatining faxriy yorliq bilan taqdrilandi.