Uzoq yillardan beri Navoiy davlat pedagogika institutida samarali faoliyat ko‘rsatib, yuzlab shogirdlar davrasida mehnat qilayotgan ustozlardan biri, Matematika-informatika fakulteti o‘qituvchisi, dotsent Toyir Utapov 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov olib bordi va ustozning o‘quv va ilmiy jarayoniga qo‘shgan ulkan hissasi va insoniy fazilatlari haqida so‘zlab, ustozga minnatdorchilik va samimiy tilaklarini bildirdi hamda yubiley munosabati bilan Utapov Toyir Usmonovichga esdalik sovg‘larini topshirdi. Shuningdek, so‘z olgan hamkasblari ham Toyir Usmonovichning ilmiy faoliyatga qo‘shgan hissasi, talaba-yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, ko‘plab shogirdlari hamda hamkasblariga o‘rnak hayotini e’tirof etishdi.