loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Fakultetlarning yangi oʻquv yiliga tayyorgarligi tahlil qilindi

Bugun, 27-avgust kuni Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov rahbarligida tanqidiy-tahliliy yigʻilish oʻtkazildi. Unda prorektorlar, fakultet dekanlari, boʻlim boshliqlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda yangi 2024/2025 oʻquv yiliga fakultetlarning tayyorgarligi tahlil qilinib, ayrim fakultetlarda ishlar ketmayotgani, berilgan topshiriqlar vaqtida bajarilmayotgani tanqid qilindi. Bu boʻyicha fakultetlarga qoʻshimcha muhlat berilib, kamchiliklarni tezda bartaraf etish lozimligi qayd etildi.

Shuningdek, yigʻilishda institut rektori oliygohda Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligini munosib kutib olish, “Mustaqillik darslari”ni tantanali oʻtkazish yuzasidan masʻullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʻminlash boʻyicha fakultet va kafedralarini maqbullashtirish masalasi muhokama qilindi.