El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha o‘rganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida Prezidentimiz 2025 yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yangi yilning “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”, deb e’lon qilinishida chuqur ma’no mujassam. Zero, tevarak-atrofimizda yashil hududlar kengayib, yashil qalqonlar ko‘payishi ona tabiatimizni asrab-avaylab, kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Yashil” iqtisodiyot ekologik toza, energiya, suv va boshqa tabiiy resurslarni iqtisod qiladigan texnologiyalarni joriy etib, ekologiya xavfsizligini ta’minlaydi. Mamlakatimizning 2019-2030 yillarda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini ro‘yobga chiqarish, qayta tiklanuvchi, samarali energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarimizni kengaytiradi. Iqlim o‘zgarishi sharoitida samarali, resurs tejamkor va ekologik xavfsiz iqtisodiyotni ta’minlaydi. “Fizika-texnologiya” va “Matematika-informatika” fakultetlari joylashgan bino hovlisiga yil nomi ko‘rsatilgan banerlar o‘rnatildi. Fakultetlar atrofida o‘tgan yil noyabr va dekabr oylaridan boshlab, tevarak-atrofimizni yanada obodonlashtirish ishlariga katta e’tibor qaratilib, turli xil mevali hamda manzarali ko‘chatlar ekish ishlari davom ettirilmoqda.