loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut rektori dars mashg’ulotlari bilan tanishmoqda

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov Rus va qozoq filologiyasi hamda Ingliz tili va adabiyoti fakultetlarida bo‘lib, tanaffus vaqtida talabalarga dars o‘tish texnikasi va metodikasi, ta’lim sifati bilan tanishdi. Ertangi kun egalari bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashga mas’ul bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni yangicha usuldagi metodlar qo‘llash orqali dars jarayonini tashkil etish hamda talaba-yoshlar uchun kerakli barcha sharoitlarni yaratish bo’yicha topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga talabalarga Vatanga muhabbat va shukronalik kabi tuygʻularini yanada oshirish, puxta bilim olib, professor-oʻqituvchilardan sifatli taʼlim egallashlari, kitob oʻqishlari, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyat va eʼtibordan unumli foydalanishlari, doimiy izlanishda boʻlishlari xususida soʻz bordi.

Institut rektori texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan yaratilgan qo‘l mehnati mahsulotlari bilan tanishdi. Talabalarga o‘z mahsulotlarini ommalashtirish va yana-da yangi g’oyalar bilan boyitish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, oliygoh rahbariga talabalar amaliy mashg’ulotlarda foydalana oladigan uskunalar haqida ma’lumot berib o‘tildi.